logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

“YOSHLAR KUNI” MUNOSABATI BILAN TDAUDA OCHIQ MULOQOT VA KASBIY-MADANIY USHRASHUV TASHKIL ETILDI

view 14

Bugun Toshkent davlat agrar universitetiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Baxriddin Valiyev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq Xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitet rektori Narzullo Oblomuradov kutib oldi.
Dastlab talaba-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish va jamoat tartibini saqlashda faol ishtirok etayotgan “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida yoshlar o‘rtasida qonun ustuvorligini ta’minlash, universitet hududida tartib-intizomni saqlashda talaba-ko‘ngillilarning o‘rni va ularga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

Jarayon davomida universitet hududida tashkil etilgan ilmiy ishlanmalar ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishildi. Shu bilan birga, yoshlar tomonidan startap loyihalar taqdim etildi, xususan: innovatsion agronomiya, ekologik muammolar yechimi hamda asalarichilik yo‘nalishidagi startaplar alohida taqdimoti o'tkazildi. Rahbarlar fakultetlar – bog‘dorchilik, o‘rmonchilik, o‘simliklarni himoya qilish, veterinariya, ipakchilik hamda oziq-ovqat texnologiyalari tomonidan olib borilayotgan ilmiy loyihalar bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuv doirasida universitetga biriktirilgan mahallalar yoshlari, umumta’lim maktablari direktorlari, universitetning iqtidorli talabalari, mahallalardagi uyushmagan yoshlar va maktab bitiruvchilari bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazildi. Xalqaro til o‘rgatuvchi malakali o‘qituvchilar yoshlarga xorijiy tillarni o‘rganish, global ta’lim imkoniyatlaridan foydalanish va zamonaviy kasb hamda ko‘nikmalarni egallash yuzasidan tavsiyalar berdi.
Ishtirokchilar universitet hududida barpo etilgan zamonaviy “Renessans” ma’ruzalar majmuasi bilan tanishib, undagi sharoitlar va ilg‘or ta’lim infratuzilmasini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasi muzeyiga tashrif buyurilib, agrar sohaning tarixiy rivoji, ilmiy yutuqlari va innovatsion yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot olindi.
Shu bilan birga, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida universitet hududida daraxt ekish marosimi amalga oshirildi, archa ko‘chatlari ekilib, yashil hududlarni kengaytirishga hissa qo‘shildi.
Jarayon davomida “Oltin Qanot” klubi a’zolari va talaba-yoshlar tomonidan yaratilgan asarlar mehmonlarida kiatta qiziqish uyg'oti. Talabalarning chizgan rasmlari va texnikum talabalari loyihalari yuqori baholandi. Universitet Bosh binosida “Ona” siymosi atrofida she’rlar va jonli qo‘shiqlar ijro etildi, Bo‘ston ansambli milliy kuy va navolar bilan tadbirga rang-baranglik qo‘shdi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan haftaning har payshanbasi “Yoshlar kuni” deb belgilangani munosabati Bosh prokuror o‘rinbosari Baxriddin Valiyev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov hamda universitet rektori Narzullo Oblomuradov hamda talabalar ishtirokida uchrashuv o'tkazildi. Samimiy ruhda o‘tgan muloqotda savol-javoblardan so‘ng, ilm-fan va jamoat ishlarida o‘zini ko‘rsatgan bir guruh faol talabalar munosib taqdirlandi.
Bugungi uchrashuv va tadbirlar yoshlar bilimini oshirish, ularning ijodiy va kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, shuningdek, jamiyatda faol va mas’uliyatli fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.