Toshkent davlat agrar universitetining iqtidorli talabalari navbatma-navbat Germaniya va Polshadagi xalqaro amaliyot dasturlarida ishtirok etish uchun yo‘lga chiqmoqda. Safar oldidan universitet rektori Narzullo Oblomuradov talabalarga samimiy tilaklar bildirdi, muhim tavsiyalar berdi va shunday dedi: “Sizlar nafaqat ilm, balki Vatan ishonchini ham yelkalab yo‘lga chiqmoqdasizlar. Oq yo‘l, safaringiz bexatar bo‘lsin!” Talabalarning bir guruhi yaqin kunlarda Germaniyada 3 oylik ishlab chiqarish amaliyotini boshlaydi, yana bir qismi esa Polshaga 6 oylik chuqurlashtirilgan tajriba dasturi doirasida yo‘l olmoqda. Jami 77 nafar talaba zamonaviy qishloq xo‘jaligi, ekologik toza ishlab chiqarish va agroinnovatsiyalar bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganish yo‘lida. Bu tashabbus ularning nazariy bilimlarini mustahkamlab, xalqaro ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.
Yoshlar salohiyati xalqaro maydonda sinovda
22 May 2025
