logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Yuksak natija – munosib e’tirof!

view 128

2025/2026-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovi natijasida, Toshkent davlat agrar universitetining 4 nafar iqtidorli talabalari Prezident stipendiyasiga sazovor bo‘ldi. U.Xaqnazarova Doktorantura bosqichi doktoranti F.Nurmetova O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayni magistratura bosqichi magistranti I.Abdurahimov Zooinjeneriya fakulteti magistratura bosqichi magistranti A.Minbayeva Bakalavriat bosqichi talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi g‘olibi bòlishdi ! Ushbu yutuq – talabalarning tinimsiz izlanishi, ilmga bo‘lgan chanqoqligi va universitetimizda yaratilgan sifatli ta’lim muhiti natijasidir. Davlat stipendiyasi g‘olibi bo‘lish – nafaqat shaxsiy muvaffaqiyat, balki universitet jamoasi uchun ham katta faxr va mas’uliyatdir.

Universitet rahbariyati nomidan g‘olib talabalarimizni samimiy tabriklaymiz, ularga kelgusidagi ilmiy faoliyatlarida yanada ulkan marralarni zabt etishlarini tilaymiz !

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.