favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Zilzilaga tayyorgarlik bo‘yicha seminar o’tkazildi

view 23

5–7 may kunlari e’lon qilingan “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” doirasida Toshkent davlat agrar universitetida seminar-trening tashkil etildi. Mazkur tadbir Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi tashabbusi bilan, Toshkent viloyati Qibray tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i F.Soatov, Chirchiq hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi boshlig‘i X.Aglayev hamda Qibray tumani nuroniylar kengashi a’zosi X.Arifjonovlar hamkorligida o‘tkazildi. Seminarda professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etib, zilzilaga tayyorgarlik, favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish, xavfsizlik choralarini bilish bo‘yicha muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.