logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Zooinjeneriya fakultetida “Rahbar va yoşlar uçraşuvi” bölib ötdi

view 23

Bugun Toşkent davlat agrar universiteti rektori, professor Narzullo Oblomurodov iştirokida Zooinjeneriya fakulteti talabalari bilan oçiq muloqot taşkil etildi. Uçraşuvda mamlakatimiz va universitet taʼlim tizimida amalga oşirilayotgan islohotlar, yoşlar uçun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda taʼlim sifatini oşiriş masalalari muhokama qilindi. Muloqot davomida rektor talabalar tomonidan bildirilgan taklif, taşabbus va muammolarni tinglab, ularni qöllab-quvvatlaş hamda zarur masalalarda amaliy yordam körsatişga tayyor ekanini taʼkidladi. Şuningdek, talabalarga böş vaqtlarini xorijiy tillarni örganişga yönaltiriş kabi imkoniyatlaridan samarali foydalaniş tavsiya etildi. Uçraşuv doirasida 3-bosqiç talabalari Ye. Valmus va S. Saidov tomonidan ilgari surilgan “Mehr va oqibat” loyihasi mazmuni ham taqdim etildi. Loyiha doirasida köngilli talabalarni volontyorlik faoliyatiga jalb etiş rejalari muhokama qilindi. Şuningdek, talabalar iştirokida “Inno Vet Clinic” innovatsion veterinariya klinikasida amaliy maşğulotlar taşkil etildi. Maşğulotlar davomida bölajak mutaxassislar veterinariya yönalişidagi amaliy jarayonlar bilan yaqindan tanişib, nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlaş imkoniyatiga ega böldilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

No posts

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.