Toshkent davlat agrar universitetida barcha fakultetlar tomonidan ustoz va murabbiylarga bo‘lgan chuqur hurmat va ehtirom ifodasi sifatida bayram tadbirlari o‘tkazildi. Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakulteti tashabbusi bilan ustozlarga samimiy tabriklar yo‘llanib, ularning fidokorona mehnati qadrlab o‘tildi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti talabalari o‘z ustozlarini bayramona ruhda kutib olib, mehr-muhabbat bilan ehtirom ko‘rsatdilar. Zooinjeneriya fakulteti yoshlari professor-o‘qituvchilarni erta tongdan katta ehtirom bilan qarshi oldilar va ularga bayram kayfiyatini ulashdilar. O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakultetida esa ustozlarga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazildi. Oʻrmon xoʻjaligi va landshaft dizayn fakultetida ham bayram munosabati bilan professor-oʻqituvchilarga ehtirom koʻrsatilib, estalik sovgʻalar taqdim etildi. Tadbir davomida ustozlarning ta’lim va tarbiya yoʻlidagi fidokorona xizmatlari alohida e’tirof etildi. Shuningdek, hozirda Xitoy Xalq Respublikasida tahsil olayotgan Toshkent davlat agrar universitetida talabalari ham ustozlariga samimiy tabrik yo‘lladilar. Shu bilan birga, Xitoyning Anhui Agricultural Universityda tahsil olayotgan talabalarimiz ham ustoz va murabbiylarini chuqur ehtirom bilan qutlab, samimiy tilaklarini bildirdilar.
Your Heading
Aziz ustozlar! Sizlarning sabr-toqatingiz, mehr-muhabbatingiz va fidokorona mehnatingiz tufayli talabalarda ilmga chanqoqlik, yurtga sadoqat va komillik tuyg‘usi shakllanmoqda. Sizlarni chin dildan bayramingiz bilan tabriklaymiz! Mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik va faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Ijtimoiy tarmoqlar:


