logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

2026-2028-yil: Germaniya Federal Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari bilan yangi hamkorlik aloqalari órnatildi

view 48

Toshkent davlat agrar universitetida Germaniya Federal Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda davomida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilinib, xususan, talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvi (exchange), Germaniyadagi ta’lim (degree) dasturlarida ishtirok etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Muzokaralarni bevosita Toshkent davlat agrar universiteti Xalqaro hamkorlik va strategik rivojlanish bòyicha prorektori A.Abduvosikov olib borib, xalqaro hamkorlikdagi faoliyati haqida ham ma’lumot berdi. Jumladan, Animal Husbandry (chorvachilik) fakultetining Qozog‘iston oliy ta’lim muassasalari bilan, Agronomiya yo‘nalishining esa Tojikiston universitetlari bilan olib borayotgan ilmiy-amaliy hamkorliklari qayd etildi. Avval amalga oshirilgan urug‘chilik (seed) va suv resurslari bo‘yicha qo‘shma loyihalar qishloq xo‘jaligi amaliyotlarida tajriba almashuvini kengaytirishga xizmat qilgani, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy va akademik aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etgani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, iqlim o‘zgarishi, sug‘orish tizimlari (irrigatsiya) hamda suv resurslarini boshqarish (water management) kabi bugungi kunda dolzarb bo‘lgan yo‘nalishlarda ta’lim va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, ta’lim sifati va ilmiy yondashuvni yanada rivojlantirish, xorijiy tillarni, xususan nemis tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortib borayotgani qayd etildi. Suhbat yakunida yangi xalqaro hamkorlik rejalari kelishib olindi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.