favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI REKTORI XORAZM VILOYATI YOSHLARI BILAN MULOQOT QILDI

view 59

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-216-sonli qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Toshkent davlat agrar universiteti rektori Narzullo Oblomuradov boshchiligidagi delegatsiya Xorazm viloyati qator ta’lim muassasalarida bo‘lib, sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi hamda yoshlar bilan muloqot qildi. Urganch davlat universiteti qoshidagi 2-akademik litseyda o‘quvchilar bilan ochiq davra suhbati o‘tkazildi. Uchrashuvda TDAUda ta’lim olishning ustunliklari, mavjud mutaxassisliklar va yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Yoshlarda katta qiziqish uyg‘otgan muloqat ochiq savol-javoblar shaklida davom etdi. Urganch davlat pedagogika institutida “Dolzarb 90 kunlik” tashabbusi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda kelgusida hamkorlikda ilmiy, madaniy-ma’rifiy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur ta'lim dargohida bo'lib o'tayotgan “Munozara” tanlovining respublika bosqichida TDAU talabalar jamoasi ham ishtirok etmoqda. Rektorimiz ishtirokchilar bilan suhbatlashib, ularga muvaffaqiyat tiladi.


Ijtimoiy tarmoqlar:

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.