logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

5-dekabr — Butunjahon tuproq kuni munosabati bilan Toshkent davlat agrar universiteti vakillari O‘zbekiston ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivida“ professor M.Bahodirovning o‘zbek tuproqshunoslik fani taraqqiyotining ilmiy meroslari va uning hozirgi global zamondagi ahamiyati” mavzusida ilmiy-amaliy seminarda ishtirok etishdi

view 266

Tadbirda universitetimiz professor-o‘qituvchilari hamda Agrokimyo va tuproqshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari ishtirok etdi. Seminar davomida tuproqshunoslik fanining yirik vakili, ustoz olim Professor M. Bahodirovning ilmiy merosi, uning O‘zbekiston tuproqshunosligiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida atroflicha fikrlar bildirildi. Milliy arxiv xodimlari tomonidan ustoz haqidagi hujjatlar, fotosuratlar va ilmiy materiallar ko‘rgazmali tarzda namoyish qilindi. Shuningdek, universitetimizdan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar M.Bahodirovning hayoti, ilmiy faoliyati va ilm-fan rivojidagi o‘rni haqida mazmunli ma’ruzalar taqdim etdilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.