logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida xalqaro ilmiy hamkorlik doirasida mahorat darsi o‘tkazildi

view 209

Toshkent davlat agrar universitetida xalqaro aloqalarni mustahkamlash va professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlarning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida muntazam ravishda xorijiy universitetlar va ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari ishtirokida ma’ruzalar va mahorat darslar tashkil etib kelinmoqda. Shu doirada, Xitoy Fanlar akademiyasining “Bugdoy duragaylari” ilmiy-tadqiqot instituti direktori, professor Shengquan Zhang tomonidan “Bugdoyning duragay navlarini yaratishda Xitoy uslublari” mavzusida mahorat darsi ma’ruza o‘tkazildi. Tadbir Qishloq xo‘jaligi ekinlari genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi kafedrasining 408-auditoriyasida bo‘lib o‘tdi. Unda qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi yo‘nalishida tahsil olayotgan 2–3-bosqich bakalavrlar, 1–2-bosqich magistrlar hamda 2–3-bosqich doktorantlar ishtirok etdilar.

Ma’ruza davomida professor Shengquan Zhang bug‘doy seleksiyasi jarayonlarida Xitoy tajribasiga asoslangan uslublar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, tadbir so‘ngida ilmiy muloqot va savol-javoblar tashkil etilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.