Toshkent davlat agrar universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Kamolitdin Sultonov boshchiligidagi delegatsiyasiya Gyeonkuk National University bilan xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilgan “Smart-AI: Aqlli asalari oilasi tizim texnologiyasini qo‘llash hamda asalarichilik resurslarini rivojlantirish va takomillashtirish” loyihasini muhokama qilish maqsadida Janubiy Koreya Respublikasining National Research Foundation of Korea ofisi Tashqi ishlar direksiyasining bosh direktori Kang Dongseob bilan uchrashuv o’tkazdi.
Suhbat davomida ikki davlat universitetlarida ijobiy natijalar qayd etilayotganligi, loyiha doirasida talabalar uchun zamonaviy laboratoriyalar ochilganligi, akademik mobillik va professor-o‘qituvchilar xorijiy mamlakatlarda malaka oshirilganligiga alohida to‘xtaldi. Ushbu loyihani davom ettirish va bundan tashqari ekologiya, O‘rmonchilik, landshaft dizayn, tuproqshunoslik, dehqonchilik va melioratsiya, meva-sabzavotchilik sohalarida xalqaro loyihalarni kengaytirish bo’yicha ham muzokaralar o‘tkazildi.
Ushrashuv so‘ngida Kang Dongseob universitetimiz bilan hamkorlikni kengaytirish har ikki mamlakatning agrar ta’lim sohasini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

