logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

О‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti

O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti professor-o‘qituvchilari fundamental va amaliy tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi ilmiy-tadqiqot institutlari, davlat va tijorat tuzilmalari bilan yaqin aloqada ishlaydigan amaliyotchi olimlardir. Shuningdek, fakultet professor-o‘qituvchilari davlat grantlarining rahbarlari va ijrochilari bo‘lib, xalqaro loyihalarda ham ishtirok etadilar. O‘quv jarayonida talabalarning mustaqil ilmiy ishlariga katta e’tibor qaratiladi, fakultetda talabalar ilmiy to‘garaklar faoliyat ko‘rsatadi.

 

Bakalavrni tugatgandan so‘ng, bitiruvchilar magistraturada o‘qishni davom ettirish imkoniyatiga egadirlar, boshqa oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini “Аgrokimyo”, “Tuproqshunoslik”, “Agrotuproqshunoslik va agrofizika”, “Yerni masofadan zondlash GAT-texnologiya”, “Yer resurslaridan foydalanish va boshqarish”, “O‘simliklar himoyasi va karantini”, “Entomologiya”, “Fitopatologiya” dasturlari bo‘yicha magistraturaga o‘qishga qabul qilinadi.

 

Talabalar o‘qish davomida zamonaviy agrotexnologiyalar, o‘simliklarni kasallik, zararkunanda va begona o‘tlardan himoya qilish, tuproqni o‘simliklarning yashash muhiti sifatida, uning xususiyatlari va unumdorligini oshirish hamda o‘simliklarning oziqlanishi, hosildorlikni oshirish uchun o‘g‘itlardan foydalanishni o‘rganadi.

 

O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakultetning tarixi 1950-yilga borib taqaladi. Ayni paytda fakultetda 3 ta kafedra mavjud bo‘lib, fakultet bugungi kunga kelib nafaqat o‘z sohasining ilg‘or mutaxassislarini tayyorlabgina qolmay, balki qishloq xo‘jaligining yuksalishiga munosib hissa qo‘shmoqda.

 

Fakultet tarkibida quyidagi kafedralar faoliyat yuritadi:

 

  • Agrokimyo va tuproqshunoslik
  • O‘simliklarni himoyasi va karantini
  • Qishloq xo‘jaligi fitopatologiyasi

 

Fakultet tarkibida:

 

  • 17 nafar fan doktori,
  • 51 nafar fan nomzodi,
  • 23 dan ortiq professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda.

 

Ularning sa’y-harakatlari natijasida shu kungacha O‘zbek davlat yer tuzish ilmiy-loyihalsh instituti “O‘ZDAVYERLOYIHA” DUK, Respublika Agrokimyo tahlil markazi, Tuproq tarkibi va repozitoriyasi, sifati tahlil markazi DUK, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar ekisperemental biologiyasi instituti, Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institute, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi kabi tashkilotlarda fakultet bitiruvchilari mutaxassis sifatida o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishgan.

 

Ushbu fakultetda ta’lim olish yashil kelajakni yaratish yo‘lida ishonchli qadamdir!

Shamsiddinov To‘lqin Shamsiddinovich

Shamsiddinov To‘lqin Shamsiddinovich

Dekan

Yutuqlar

  • 3
    Kafedralar
  • 23
    Professorlar
  • 251
    Bitruvchi

Fakultet tarixi

2004

О‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti

O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika qishloq va suv xo‘jaligi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2004-yil 3-sentyabrdagi 415-qaroriga binoan, Universitetning 2004-yil-15-sentyabr 245-sonli buyrug‘i bilan Oliy o‘quv yurtining fakultet to‘g‘risidagi Nizomiga asosan “Seleksiya, urug‘chilik va o‘simliklarni himoya qilish” fakulteti bo‘lib tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017-yil 7-avgustdagi 220-sonli “Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim muassasalarining tuzilmalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘igi asosida O‘simliklar himoyasi va agrokimyo fakulteti nomi bilan qayta tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-avgustdagi “Toshkent davlat agrar universitetini faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi PQ-4421-sonli qaroriga binoan, Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019-yil 26-avgustdagi 132-sonli hamda Universitetning 2019-yil 3-sentyabrdagi 1-9-6/726-sonli buyruqlariga binoan O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti nomi bilan qayta tashkil etilgan.
Fakultet rahbariyati haqida ma’lumot.
Fakultet dekani lavozimida dotsent X.S.Yusupov (2007-2015 yy.), dotsent A.I.Isroilov (2015-2017 yy.), D.U.Ortiqov (2017-2021 yy.), dotsent N.N.Namozov (2021–2025 yy.), 2025-yildan hozirgi kunga qadar fakultetga b.f.nomzodi Sh.T.Shamsiddinov rahbarlik qilmoqda.
О‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti
1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.