Kafedra o‘simliklar va patogenlar genetikasi, o‘simlik-mikrob o‘zaro aloqalari, epidemiologiya, tarmoq tahlili va aqlli qishloq xo‘jaligi sohasidagi tadqiqotlar orqali o‘simliklar salomatligini ta’minlashga qaratilgan. Bizning professor-o‘qituvchilarimiz qishloq va o‘rmon xo‘jaligi ekinlari kasalliklari bo‘yicha mutaxassistlar hisoblanadi. Biz iqtidorli bakalavr va magistratura talabalari hamda doktorantlarimizga eng yaxshi ta’lim berish maqsadida fitopatologiyaning asoslaridan tortib patogen guruhlari va ularga qarshi kurash bo‘yicha mukammal kurslar to‘plamini taqdim etamiz.
Kafedra yuqori salohiyatga ega
- kafedrada 17 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borishadi, shundan 4 nafar fan doktori, 7 nafar fan nomzodi.
- 8 nafar doktorantlat
- 9 nafar magistrlar
- Ilmiy salohiyat – 64,7%
- 86% bitiruvchilar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashmoqda
Kafedra zamonaviy yondashuvga ega
Kafedra o‘z oldiga quyidagi maqsadlarni qo‘ygan, o‘simlik kasalliklari sohasida tadqiqotlar olib borish, ta’lim berish faoliyatida jahon miqyosidagi yetakchi bo‘lish, shu bilan birga jamiyat, atrof-muhit va universitetning o‘zgaruvchan ehtiyojlariga xizmat qilish.
Mahalliy, milliy va global miqyosda uzoq muddatli oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda tabiiy resurslardan foydalanishni davom ettirish uchun qishloq xo‘jaligi va tabiiy landshaftdagi o‘simliklar salomatligini yaxshilashdir.
Ishlab chiqaruvchilar, nazorat qiluvchi tashkilotlar, iste’molchilar hamjamiyatlari va sanoat bilan hamkorlikda biz asosiy o‘simlik kasalliklari muammolarini aniqlash, qisqa, o‘rta va uzoq muddatli yechimlarni ishlab chiqish hamda ularga qarshi kurash bo‘yicha muhim ma’lumotlarini tarqatishga harakat qilamiz.