logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI NUFUZLI XALQARO FORUMGA MEZBONLIK QILMOQDA!

view 210

Toshkent davlat agrar universitetida yirik xalqaro ilmiy-amaliy forum o‘z ishini boshladi. “Xitoy – Markaziy Osiyo: fan va texnologiyalar, biologik xavfsizlik va qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlantirish” mavzusidagi ushbu nufuzli tadbirda jahonning qishloq xo‘jaligi sohasidagi yetakchi olimlari, ekspertlar va soha mutaxassislari jam bo‘lishdi. Forum O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi hamda Prezidentimizning 2023-yil 7-iyuldagi PQ-216-sonli qarorida belgilangan ilm, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlashga qaratilgan vazifalar ijrosini amaliy namoyon etmoqda. Mazkur xalqaro anjuman O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 30-iyundagi 06/21-1-06/966-sonli qo‘llab-quvvatlov xati asosida o‘tkazilmoqda va ayni damda Toshkent davlat agrar universiteti ana shunday yuksak darajadagi ilmiy muloqotga mezbonlik qilmoqda.

Zamonaviy agrotexnologiyalar, biologik xavfsizlik, innovatsion yondashuvlar va fan-texnika yutuqlari bo‘yicha eng so‘nggi tendensiyalar muhokama qilinayotgan mazkur forum O‘zbekiston agrar sohasi taraqqiyotida navbatdagi muhim qadam bo‘lmoqda. Forum tafsilotlarini kuzatib boring!

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.