Ayni paytda Toshkent davlat agrar universiteti Kengashining 12/13-sonli majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Yig'ilish doirasida universitet ilmiy salohiyatini yuksaltirish, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish maqsadida ilmiy daraja va unvonlarga sazovor bo‘lgan professor-o‘qituvchilar, xalqaro grant va stipendiyalar g‘oliblari, respublika tanlovlari g‘oliblari hamda ko‘p yillik samarali mehnati bilan ajralib turgan xodimlar tantanali ravishda taqdirlandi.
Ilmiy daraja va unvon sohiblari:
Zulnura G‘ulamqodirovna Karimova – Filologiya fanlari doktori (DSc);
Dildora Baxriddin qizi Barakayeva – "Bioorganik kimyo" ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoni;
Dilmurat Sadiyevich Omonov – Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
Abror Pardayevich Xasanov – Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
Abdumo‘min Abduvohid o‘g‘li Xomidjonov – Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
Nilufar Rustamboyevna Safarova – Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
Mirzabek O‘rinboy o‘g‘li Tursinbayev – Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
Asilbek Abdusamat o‘g‘li Xurramov – Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Toshkent davlat agrar universiteti Mehnat muhofazasi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan o‘tkazilgan respublika ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichida "Mehnat muhofazasi bo‘yicha eng yaxshi kasaba uyushma qo‘mitasi" nominatsiyasi bo‘yicha I darajali diplom bilan taqdirlandi;
G‘aybulla Nazarov – KOICA xalqaro tashkiloti stipendiyasi sovrindori;
Shahnoza Abdulla qizi Xalmuxamedova – "Akademik harakatchanlik" dasturi tanlovi g‘olibi.
🎖 Ko‘p yillik samarali mehnati munosib e’tirof etildi. "Nuroniy" jamg‘armasi Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq:
Nosirxon Akbarov – I darajali "Mehnat faxriysi" ko‘krak nishoni;
Zohid Siddiqov – II darajali "Mehnat faxriysi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Prezidentimizning 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan mamlakat yoshlari bilan o‘tkazgan uchrashuvida ishtirok etgan Toshkent davlat agrar universiteti talabasi, "Yangi agronom" dasturi ishtirokchisi Biloliddin Mirzayev ham so‘zga chiqib, davlat rahbari bilan bo‘lib o‘tgan samimiy muloqot uning hayotidagi eng unutilmas voqealardan biri bo‘lganini ta’kidladi. U yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ilm-fan va innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi e’tibor har bir talaba uchun ulkan motivatsiya manbai ekanini alohida qayd etdi.
Title for This Block
Subtitle for This Block
Ijtimoiy tarmoqlar:









