logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

DUNYO TAN OLGAN QISHLOQ XO‘JALIGI OLIMLARI TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETIDA JAM BO‘LDI!

view 225

Toshkent davlat agrar universitetida davom etayotgan xalqaro ilmiy-amaliy forum yuksak darajadagi ilmiy muloqot va tajriba almashinuvi maydoniga aylanmoqda. Forumda nafaqat O‘zbekiston, balki qator davlatlarning yetuk olimlari, akademiklari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda.
Forum doirasida qishloq xo‘jaligida innovatsiyalar, zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or ilmiy yondashuvlar yuzasidan muhim ma’ruzalar taqdim etilmoqda. Jumladan:
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori, akademik Shadman Ergashovich Namazov – “Paxta navlarini qiyosiy o‘rganish va Xitoy paxtasining afzalliklari” mavzusida,
Xebey qishloq xo‘jaligi universiteti akademigi Ma Zhiying – “Biologik paxtachilik texnologiyasi va uni qo‘llash” bo‘yicha,
Qozog‘iston Respublikasi Paxta va bahorgi sabzavotlar ilmiy-tadqiqot instituti vakili, akademik Amandik Kambarovich Kostakov – “Qozog‘iston Respublikasida paxta yetishtirishga kirish” mavzusida,
Mezbon Toshkent davlat agrar universiteti akademigi Xujamurat Xamrakulovich Kimsanbayev – “Markaziy Osiyo mamlakatlarida o‘simliklarni himoya qilish sohasidagi muammolar va choralar” haqida ma’ruza bilan chiqish qilmoqda. Forum davomida sohaning dolzarb muammolari va ularni zamonaviy ilmiy yondashuvlar orqali hal etish yo‘llari muhokama qilinmoqda.

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.