Toshkent davlat agrar universiteti rektori N.Oblomuradov xorijiy davlatlarda tahsil olayotgan talabalar ishtirokida Zoom platformasi orqali onlayn suhbat òtkazdi. Muloqot davomida talabalar xorijdagi ta’lim jarayoni, yaratilgan sharoitlar hamda duch kelayotgan ayrim muammolar haqida so‘z yuritdilar. Rektor ularning fikr-mulohazalarini diqqat bilan tinglab, bildirilgan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berdi. Suhbat chog‘ida rektor “Avval Vatan, keyin jon!” shiorini ilgari surib, talabalarga Vatanga sadoqat, mas’uliyat va fidoyilik bilan ta’lim olish zarurligini ta’kidladi.
Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Suhbat yakunida ular universitet tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan mamnun ekanliklarini bildirdilar hamda berilayotgan e’tibor va qo‘llab-quvvatlov uchun rektor va universitet jamoasiga minnatdorchilik izhor etishdi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


