logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Xalqaro tajriba – yuqori sifatli meva yetishtirish sari dadil qadam!

view 108

Toshkent davlat agrar universiteti professor-o‘qituvchilari I.Namozov va Sh.Valiyeva Janubiy Koreyaning Chungnam Milliy universitetida o‘tayotgan “Mo‘tadil iqlim mintaqasida yetishtiriladigan mevalarning sifatini boshqarish” mavzusidagi o‘quv-amaliy dasturda ishtirok etmoqda. Mazkur tashrif “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida professional kadrlar tayyorlash hamda qishloq xo‘jaligi muhitini yaxshilash va litsenziyalash tizimini joriy etish” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda. Dastur doirasida olimlar olma, nok, shaftoli va uzum kabi mevalarni to‘g‘ri saqlash, qayta ishlash va ularning bozor qiymatini oshirishga qaratilgan ilg‘or texnologiyalar bilan yaqindan tanishmoqda. Zamonaviy laboratoriyalardagi amaliy mashg‘ulotlar esa mevalarni uzoq muddat sifatini saqlagan holda iste’molchiga yetkazish bo‘yicha innovatsion tajribalarni o‘rganish imkonini bermoqda.


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.