Toshkent davlat agrar universiteti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori S.G‘.Boboyev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Xitoy Xalq Respublikasining Shaanxi provinsiyasida joylashgan “Yangling Vocational and Technical College” da tajriba almashishmoqda. Mazkur safardan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmoni va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 394-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash doirasida kasbiy ta’lim tizimiga ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy qilishdan iborat. Safarda universitet professor-o‘qituvchilari, texnikum, politexnikum va akademik litsey rahbar xodimlari ishtirok etmoqda. Ular Xitoydagi o‘quv jarayonlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, zamonaviy issiqxona texnologiyalari, raqamli qishloq xo‘jaligi, bog‘dorchilik sanoatining texnologik yechimlari kabi ko‘plab yo‘nalishlarda o‘quv-amaliy seminar va mashg‘ulotlarda qatnashmoqda.
Ma’lumot o’rnida shuni aytish joizki, ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish yuzasidan muzokaralar olib borilishi rejalashtirilgan.
Ijtimoiy tarmoqlar: