logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Polshada amaliyot o‘tayotgan TDAU talabalari bilan uchrashuv

view 327

Toshkent davlat agrar universitetining 46 nafar talabasi Polshaning “Green Crops” kompaniyasida haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotini o‘tamoqda. Ular salat, endiviya, baby leaf kabi bargli sabzavotlarni ekologik toza va zamonaviy texnologiyalar asosida yetishtirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallamoqda. Universitetning Xalqaro hamkorlik, transformatsiya va strategik rivojlanish bo‘yicha prorektori A. Abduvasikov boshchiligidagi ishchi guruh ushbu kompaniyada bo‘lib, talabalar uchun yaratilgan yashash va mehnat sharoitlari bilan tanishdi. Uchrashuv davomida talabalar bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, ular uchun milliy taom — osh tayyorlab berildi.

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.