logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU jamoasi qadimiy Samarqandda bo’lishdi

view 8

“9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati hamda “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida Toshkent davlat agrar universiteti jamoasi uchun Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.
Universitet Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan, tarmoq kasaba uyushmalari va “Kasaba sayr” turistik tashkiloti hamkorligida o‘tkazilgan ushbu tadbirda professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talabalar ishtirok etishdi.
Ziyorat dasturi buyuk muhaddis Imom al-Buxoriy majmuasidan boshlandi. Ishtirokchilar allomaning hayoti va islom olamidagi beqiyos ilmiy merosi bilan yaqindan tanishdilar. Sayohat davomida Islom Karimov maqbarasi va Shohi Zinda majmuasi kabi qadamjolar ziyorat qilindi. Bu maskanlar yurtimizning boy o‘tmishi va me’moriy san’atidan so‘zlab, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbir ishtirokchilari mazmunli hordiq va yuqori saviyada tashkil etilgan sharoitlar uchun universitet rahbariyati hamda kasaba uyushmasi tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.