Toshkent davlat agrar universitetida Xitoy Xalq Respublikasining Hohai universiteti prezidenti, professor Zheng Jinhai boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bòlib òtdi. Jarayon davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida anglashuv memorandumi imzoladilar. Muzokaralar davomida qo‘shma ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etish, ekinlar yetishtirishda resurstejamkor texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, muhandislik va atrof-muhit yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlarni birgalikda olib borish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Bundan tashqari, uchrashuvda qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, akademik almashinuvni rivojlantirish va ilmiy salohiyatni oshirish masalalari ham muhokama qilindi.
TDAU va Xitoyning Hohai universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
13 Avgust 2025


