Toshkent davlat agrar universitetida Xi’an Fanyi universiteti bilan hamkorlikda Xitoy tilini o'qitish xalqaro amaliy markazi tashkil etildi
Toshkent davlat agrar universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli oliygohlaridan biri Xi’an Fanyi universiteti vakillari tashrif buyurdi.
Tashrif davomida ikki tomonlama muzokaralar olib borilib, hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandum doirasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlari, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarda hamkorlik qilish rejalashtirilgan.
Shuningdek, universitetda Xitoy tili markazi ochildi. Bu markaz yoshlarimiz va ustozlarimizga xitoy tilini chuqur o‘rganish imkonini beradi.
Ma’lumot o’rnida,
Xi’an Fanyi Universiteti xalqaro maydonda o‘z o‘rniga ega, 60 dan ortiq yo‘nalishda ta’lim beruvchi zamonaviy universitet bo‘lib, unda hozirda 23 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda.