Razzaqov Jasur Xamraboevich
-
Kafedra mudiri: Buxgalteriya hisobi, tahlil va audit
-
Ilmiy daraja:Iqtisod fanlari doktori (Dsc)
-
Ilmiy unvoni:Professor
2010-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bakalavr bosqichini hamda 2013-yilda shu universitetining magistratura mutaxassisligini tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi. Iqtisod fanlari doktori, professor.
Oilali, uch nafar farzandi bor.
Mehnat faoliyati davomida o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimida, oliy ta’lim tizimida mas’uliyatli lavozimlarda xizmat ko‘rsatgan.
Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan tub islohotlar jarayonida, jumladan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi sohasini modernizatsiya qilish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash hamda ilm-fan taraqqiyoti bilan bog‘liq ustuvor vazifalari shu bilan birga, mamlakatimiz iqtisodiyotini, qishloq xo‘jaligi sohasida tadbirkorlikni rivojlantirish, zamonaviy agrobiznes texnologiyalarini joriy etish va oziq-ovqat zaxiralarini shakllantirish orqali aholining barqaror ta’minotini yo‘lga qo‘yish yo‘nalishida ham ulkan hissa qo‘shib kelmoqda.
2013/2014-yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Shayxontohur akademik litseyida bo‘lim boshlig‘i, 2014/2020-yillarda Toshkent moliya instituti “Moliya” kafedrasi o‘qituvchisi, 2021/2022-yillarda Toshkent moliya instituti “Moliya-kredit” kafedrasi dotsenti, 2022/2023-yillarda Toshkent moliya instituti “Moliya” kafedrasi dotsenti, 2024-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” kafedrasi professori lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
Razzaqov Jasur Xamraboyevich Toshkent davlat agrar universiteti rektorining tegishli buyrug‘iga muvofiq 2025-yil fevral oyidan Toshkent davlat agrar universiteti “Buxgalteriya hisobi, tahlil va audit” kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlangan.
Razzaqov Jasur Xamraboyevich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabr farmonlariga binoan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30-yilligi ko‘krak nishoni shuningdek O‘zbekiston Fermer dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining 2024-yil 30-noyabrdagi 24/8-sonli Qaroriga asosan “ILG‘OR FERMER” ko‘krak nishoni, hamda O‘zbekiston “VETERAN” jangchi faxriy birlashmasi tomonidan “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
-
Ta'lim
-
2006-2011Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (bakalavr)
-
2011-2013Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (magistrant)
-
-
Nashrlar
-
2024DEVELOPMENT WAYS OF STOCK MARKET IN UZBEKISTAN (IN THE CASE OF “TASHKENT” REPUBLICAN STOCK EXCHANGE).
-
-
Grantlar
-
2019-2025AM-ФЗ-201908169 «Kichik sanoat zonalari salohiyatini aniqlashning innovatsion elektron ta’minotini yaratish» mavzusidagi amaliy loiha.
-
-
Patentlar
-
2022O‘zbekiston Respublikasi Prizdentining 08.11.2022 yildagi farmoni bilan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan
-
2024O‘zbekiston Respublikasi Fermer dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashining 2024 yil 30-noyabrdagi 24\8-sonli Qaroriga asosan “Ilg‘or fermer” ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan.
-
2025O‘zbekiston Respublikasi “Veteran” jangchi faxriy birlashmasi raisi tomonidan “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun” medali bilan taqdirlangan.
-
