Toshkent davlat agrar universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor J. Lapasov hamda rektor maslahatchisi O.Navruzov boshchiligida 2025-2026-oʻquv yili boshlanishi universitetga qabul qilingan talabalarni munosib kutib olish hamda universitet imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirish yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yig‘ilishda yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash, talabalarning bilim olishi uchun qulay sharoitlar yaratish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada kuchaytirish, talabalarni universitet talabalar turar joyiga joylashtirish hamda yoshlar bilan ishlashda samaradorlikni oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, dekan oʻrinbosarlari, xotin qizlar maslahat kengashi raislari, Yoshlar ittifoqi koordinatorlari hamda fakultet mas’ullari, tyutorlar, psixologlar bilan birgalikda rejalar belgilab olindi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


