Toshkent davlat agrar universitetining Ipakchilik kafedrasi professor-o‘qituvchilari Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Anhui qishloq xo‘jaligi universiteti Molekulyar biologiya kafedrasi jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar darslik va ilmiy adabiyotlarni tarjima qilish, hammualliflikda maqolalar chop etish, shuningdek, Anhui provinsiyasidagi ipakchilik yo‘nalishida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan shaharchalarning tajribasini o‘rganish borasida kelishuvlarga erishdilar. Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilari o‘z kafedralari faoliyati, ilmiy salohiyati va ustuvor yo‘nalishlari haqida batafsil taqdimotlar o‘tkazdi. Mazkur kelishuvlar asosida amaliy hamkorlik ishlari bugundan yo‘lga qo‘yildi.
Ijtimoiy tarmoqlar: