logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti — ASIIN xalqaro akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tdi!

view 219

Ta’lim sifatini oshirish va uni xalqaro mezonlarga moslashtirish yo‘lida 2025-yil 27-iyun kuni Germaniyaning nufuzli ASIIN xalqaro akkreditatsiya agentligi qaroriga binoan universitetning qator bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Akkreditatsiyadan quyidagi yo‘nalishlar:
• 60810900 – Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari) (BA)
• 60811000 – O‘simliklar karantini va himoyasi (BA)
• 60811300 – Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi (BA) muvaffaqiyatli o’tib, 2030-yil 30-sentabrgacha amal qiluvchi xalqaro akkreditatsiya sertifikati bilan taqdirlandi.
Quvonarlisi shundaki, ASIIN xalqaro ekspertlari universitetda 2024-yil may oyida o‘tkazilgan baholash jarayonida ta’lim sifatini ta’minlash tizimi, ilmiy-uslubiy baza va professor-o‘qituvchilar salohiyatini yuqori darajada e’tirof etdilar.
ASIIN — Yevropa va xalqaro miqyosda tan olingan mustaqil akkreditatsiya agentligi bo‘lib, ta’lim dasturlarini ESG standartlari asosida baholaydi. Agentlik Yevropadagi ENAEE, EQANIE, EUR-ACE®, ECTN kabi tarmoq tashkilotlari a’zosi hisoblanadi.
Ushbu natija kelgusida universitet bitiruvchilarining xalqaro mehnat bozorida raqobatbardoshligini ta’minlaydi, xorijiy mamlakatlarda magistratura va doktorantura bosqichida o‘qish imkoniyatlarini kengaytiradi, universitetning xalqaro hamkorlik salohiyatini yanada oshiradi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.