Toshkent davlat agrar universiteti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori S. G‘. Boboyev boshchiligidagi delegatsiya tarkibiga texnikum va akademik litsey rahbarlari hamda professor-o‘qituvchilar jalb etildi. Ular Xitoy Xalq Respublikasining Shaanxi provinsiyasida joylashgan “Yangling Vocational and Technical College” hamda Shensi qishloq va o‘rmon xo‘jaligi texnika universitetida tashkil etilgan qisqa muddatli o‘quv va malaka oshirish kurslarida ishtirok etdilar. O‘quv dasturi davomida zamonaviy ta’lim metodlari, innovatsion agrotexnologiyalar, kasbiy-ta’lim amaliyotlari chuqur o‘rganildi. Kurslar doirasida ilmiy-texnik hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida qator ikki tomonlama shartnomalar imzolandi, qo‘shma loyihalar va istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi. Delegatsiya a’zolari kursni muvaffaqiyatli yakunlab, rasmiy sertifikat va diplomlarga ega bo‘lishdi. Mazkur tashrif ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi akademik aloqalarni mustahkamlash, o‘quv jarayoniga xalqaro tajriba va ilg‘or yondashuvlarni joriy etish, shuningdek, talabalar va mutaxassislar almashuvini kengaytirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
TDAU delegatsiyasi Xitoydagi malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli yakunlab, diplom va sertifikatlarga ega bo‘ldi.
9 Iyul 2025


