logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi uchun eng mas’uliyatli davrlardan biri – paxta terimi mavsumi qizg‘in pallaga kirgan bir paytda Buxoro viloyatida yirik ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

view 154

Tadbirda Toshkent davlat agrar universiteti rektori Narzullo Oblomuradov boshchiligida tajribali professor-o‘qituvchilarimiz ishtirok etib, mexanizator-operatorlar, fermerlar, klaster vakillari va hokimlik mutasaddilariga nazariy bilim hamda amaliy ko‘nikmalar ulashishdi. Ikki kun davom etgan nazariy mashg‘ulotlarda 100 nafarga yaqin mexanizator-operator va hokimlik vakillari qatnashdi. Uchinchi kun esa dala sharoitida 300 nafardan ortiq fermer va mutaxassislar uchun amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Amaliyot jarayonida xorijiy ishlab chiqaruvchilarning zamonaviy paxta terish mashinalari namoyish qilindi. Professor-o‘qituvchilarimiz ularning ishlash prinsiplari, samarali boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatish sirlarini ilmiy jihatdan tushuntirib berishdi. Seminar yakunida maxsus metodik qo‘llanmalar ishlab chiqilib, Buxoro viloyatining barcha tumanlariga tarqatildi. Ushbu materiallar mexanizatorlar va fermerlar uchun muhim yordamchi manba bo‘lib xizmat qilishi tabiiy. Shuningdek, jarayon davomida universitetimiz rektori hamda jamoasi Buxoro viloyatidagi sholi va paxta maydonlarini ko‘zdan kechirdi, dehqonlar mehnati bilan yaqindan tanishdi hamda hosildorlikni oshirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Ushbu ilmiy amaliy dala seminarlari paxta maydonlarini sifatli terimga tayyorlash, zamonaviy texnika imkoniyatlaridan samarali foydalanish va mexanizatorlar malakasini oshirishda juda katta ahamiyatga ega.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.