logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda maktab bitiruvchilari uchun «Dala kuni» o’tkazildi

view 1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi PQ–135-sonli qarori ijrosi doirasida Toshkent davlat agrar universitetiga biriktirilgan 25-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktab bitiruvchi o‘quvchilar uchun amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.
Universitetning Mevachilik va uzumchilik kafedrasi dotsenti D.U.Janakova boshchiligida TDAU O‘quv-ilmiy tajriba bo‘limida o‘tkazilgan “Dala kuni” seminari yoshlarda qishloq xo‘jaligi sohasiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.
Seminar davomida o‘quvchilar nafaqat nazariy ma’lumotlar, balki haqiqiy dala sharoitida meva va sabzavotlarni zamonaviy yetishtirish usullari, tokzorlarni parvarishlash sirlari, yopiq muhitda yuqori hosil olish texnologiyalari bilan yaqindan tanishdilar.

Bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassisdan batafsil javob olish barobarida, universitet olimlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar natijalarini ham bevosita kuzatish imkoniga ega bo‘ldilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.