Suhbat davomida talabgorlarning bilim darajasi, kasbiy salohiyati va tanlagan yo‘nalishlariga bo‘lgan qiziqishlari sinovdan o‘tkazildi. Jarayon shaffof va adolatli tarzda, belgilangan tartib-qoidalarga rioya etilgan holda tashkil etildi. Ushbu suhbatlarda iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi, axborot tizimlari va texnologiyalari, agronomiya hamda o‘simliklarni karantini va himoyasi yo‘nalishlari bo‘yicha hujjat topshirgan talabgorlar suhbatdan òtkazildi. Ular suhbat davomida o‘z kasbiy faoliyatida orttirgan tajribalari, amaliy bilimlari va kelgusidagi maqsadlari haqida so‘zlab berishdi.
Endilikda suhbat natijalari asosida Toshkent davlat agrar universiteti talabalar safi kengayadi. Kelgusida òz ilmiy darajasini mustahkamlab mamlakatimiz agrar soha rivojiga òz hissalarini qòshishadi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


