logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashdagi muammolar va ularni innovatsion yechimlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtdi.

view 114

Mazkur anjumanni Toshkent davlat agrar universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori K.Sultonov kirish soʻzi bilan ochib berdi. O‘zbekiston va xorijdan kelgan olimlar, mutaxassislar hamda amaliyotchi tadqiqotchilar ishtirokida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashda ilg‘or texnologiyalar, saqlash tizimlari va innovatsion yechimlar muhokama qilindi.
Mazkur konfirensiyada Qishloq xo‘jaligi vazirligi Ilm-fan, inovatsiyalar va ta’limni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i T. Atakulov, O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi
B. Umirshayxov, Akademek M.M.Mirzayev nomidagi
bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari A. Azizov va boshqalar ishtirok etishdi.

Shu jumladan “Oliy ta’lim tizimida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash sohasidagi istiqbolli rejalari”, “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashning oziq-ovqat sanoatida tutgan oʻrni”, “Respublikamizda innovatsion texnologiyalar asosida intensiv koʻchat yetishtirishning istiqbollari” mavzularida ilmiy maruzalar qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.