logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

“Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchamizning burchimiz”: Universitetimizda talabalarda huquqiy ongi va mas’uliyatni oshirishga qaratilgan profilaktik suhbat o‘tkazildi

view 116

Toshkent davlat agrar universiteti yangi oʻquv yilining ilk kunlaridanoq talabalarda huquqiy ong va mas’uliyatni oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda, Toshkent davlat agrar universiteti maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori J. Lapasov hamda "Korrupsiyaga qarshi kurashish – Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi bosh mutaxassisi A. Xayitov ishtirokida profilaktik suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, manfaatlar to‘qnashuvining oqibatlari hamda uni oldini olishdagi yoshlarning o‘rni haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, talabalarga halollik, qonuniylik va adolat tamoyillariga qat’iy amal qilish, o‘z bilim va mehnati bilan yutuqlarga erishish zarurligi uqtirildi.

Tadbir yakunida talabalarga “Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchamizning burchimiz” degan g‘oya ostida murojaat qilinib, ularning kelajakda nafaqat o‘z sohasida yetuk mutaxassis, balki halol va fidoyi fuqarolar sifatida kamol topishlariga ishonch bildirildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.