favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Dolzarb 90 kunlik” doirasida Toshkent davlat agrar universitetida tizimli va mazmunli tashabbuslar tashkil etilib kelinmoqda

view 61

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida Toshkent davlat agrar universiteti tomonidan tizimli, maqsadli va keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Dastur asosida amalga oshirilgan quyidagi tadbirlar diqqatga sazovordir: Ta’lim va amaliyot integratsiyasi jarayoni. Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakulteti “Agroiqtisodiyot” kafedrasi assistenti F.M. Xudayberdiyeva tashabbusi bilan 23-91-guruh talabalari universitet tajriba xo‘jaligida amaliy mashg‘ulotlar olib bordilar. 23-38-guruh talabalari Shahina Hakimova va Mushtariy Sangirovalar Xitoyning Wenzhou Vocational College of Science and Technologyda bir oylik amaliyotda ishtirok etmoqdalar. Talabalar turar joylarida faoliyatiga nazar 15-sonli talabalar turar joyida yashovchi qizlar bilan dekan maslahatchisi H.S.Soatova hamda o‘qituvchi Sh.O.Elboyeva tomonidan “Mohir qo‘llar” tikuvchilik mashg‘uloti tashkil etildi. 12-sonli talabalar turar joyida “Zooinjeneriya” fakulteti tyutorlari va katta o‘qituvchi N.Toshova boshchiligida “Pazandalik” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi. Yoshlar bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlar davom etmoqda. Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakulteti “Kitobxon yoshlar klubi” koordinatori L.Adilova boshchiligida kitobxonlik kechasi va davra suhbati bo‘lib o‘tdi. “O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik” fakulteti tyutori M.G‘ulomova tashabbusi bilan “Men sevgan asar” mavzusida ma’naviy suhbat tashkil etildi. Maktab o‘quvchilari bilan ishlash: “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Qibray tumanidagi 5- va 30-umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida targ‘ibot ishlari olib borildi. Mahalla va jamiyat bilan hamkorlik: Universitet psixologi S.Abdullayeva tomonidan Qibray tumanidagi “Turkiston” va “Ziyokor MFYlarida yashovchi ayollarga psixologik ko‘mak ko‘rsatildi, seminar-treninglar o‘tkazildi.

Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti tomonidan “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Ijodiy-ma’naviy tadbirlar: Universitet jamoasi O‘zbekiston Qahramoni, shoiri Erkin Vohidov ijodiga bag‘ishlangan an’anaviy “E VOH” ijodiy festivalida ishtirok etdi. Tadbir yosh avlodda milliy qadriyatlar, tilga hurmat va yurtga sadoqat ruhini kuchaytirishga xizmat qildi. “Dolzarb 90 kunlik” doirasida Toshkent davlat agrar universiteti tomonidan amalga oshirilgan bu kabi ko‘lamli va mazmunli tadbirlar talabalarning intellektual, ma’naviy, kasbiy va ijtimoiy salohiyatini yuksaltirish, shuningdek, jamiyat bilan bevosita muloqotni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.


Ijtimoiy tarmoqlar:

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.