logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti rektori Vengriyada o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashdi

view 30

Toshkent davlat agrar universiteti rektori N.Oblomuradov Vengriyaning nufuzli MATE universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar va universitetimizning qo’shma ta’lim dasturlari doirasida mazkur oliygohda bilim olayotgan bilan talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Muloqot davomida talabalar Vengriyadagi ta’lim jarayoni, erishayotgan yutuqlari, ilmiy izlanishlari hamda kelajakdagi rejalari haqida o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi. Uchrashuv chog‘ida talabalar tomonidan Vengriyaning yetakchi oliygohlarida ta’lim olishi, grant va stipendiyalar sonini ko‘paytirish, shuningdek, talabalar turar joylarida yanada imkoniyatlarni kengaytirish bo‘yicha qator takliflar ilgari surildi.

Rektor o‘z so‘zida yoshlarning tashabbuslarini qo’llab, mavjud masalalar bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatilishini alohida ta’kidladi..

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.