O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-iyundagi PQ–181-sonli qarori (“O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini jadallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”) hamda 2025-yil 18-apreldagi PF–67-sonli Farmoni (“Ishlab chiqarish, eksport va tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish, savdo va sanoat siyosati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”) ijrosini ta’minlash maqsadida yurtimizda izchil ishlar olib borilmoqda. Shu doirada, Toshkent davlat agrar universiteti hamkorligida “Xavflarni baholash asosida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash tamoyillari, GHP, GMP va HACCP qoidalari” mavzusida xalqaro seminar-trening tashkil etildi. Tadbirda xalqaro ekspert Frederik Mens ishtirok etdi.
Mazkur seminar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, EU ASK Facility hamkorligida va “O‘zbekiston agrooziq-ovqat mahsulotlarini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlar” loyihasi doirasida o‘tkazildi. Seminarning asosiy maqsadi – ishtirokchilarni Codex Alimentariusning “General Principles of Food Hygiene” qoidalari va me’yorlari bilan tanishtirish, ularning amaliyotdagi ahamiyatini yoritish hamda GHP tizimidagi o‘rnini chuqur tushuntirishdan iborat bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

