Toshkent davlat agrar universiteti rektori N.Oblomuradov Fransiyaga tashrifi doirasida Fransiya Taraqqiyot agentligi (AFD) va yetakchi agroinjenerlik oliy ta’lim va tadqiqot instituti AgroParisTech rahbariyati bilan uchrashdi. Muzokaralarda qo’shma ta’lim dasturlarini yo’lga qo’yish, agrar sohada innovatsion hamkorlikni kengaytirish, fransuz tili o’quv kurslarini tashkil etish, startaplarni qo’llab-quvvatlash, ilm-fan yutuqlarini tijoratlashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini rivojlantirish bo’yicha hamkorlik ko’rib chiqildi.
AgroParisTech instituti bilan qo‘shma ta’lim dasturlari, ilmiy loyihalar, professor-o‘qituvchilar va talabalarning almashinuvi, innovatsion agrotexnologiyalarni tatbiq etish masalalari bo’yicha bir qator kelishuvlarga erishildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



