Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani, Guliston hududida joylashgan "Dax poletex" MChJ dala maydonlarida qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan muhim dala o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi. Unda agrar sohada zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash va hosildorlikni yuksaltirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuvda g‘o‘za yetishtirishning an’anaviy yakka qator hamda ilg‘or Shinjon tajribasiga asoslangan qo‘shqator usullari amaliyotda o‘zaro qiyoslanib, ularning samaradorligi va agrotexnik ustunliklari tahlil qilindi. Seminar ishtirokchilariga g‘o‘zani ilmiy yondashuvlar asosida sug‘orish, oziqlantirish, chekanka ishlarini tizimli tashkil etish, mineral og‘itlar (makro va mikroelementlar)dan oqilona foydalanish hamda o‘simliklarni turli kasallik va zararkunandalardan himoya qilish choralariga oid muhim tavsiyalar berildi. Mazkur ochiq muloqotda tuman qishloq xo‘jaligi sohasi mas’ullari, hududiy agronomlar hamda mahalliy fermerlar ishtirok etishdi.
TDAU professor-olimlari paxtachilikda innovatsion agrotexnologiyalardan unumli foydalanish, yer unumdorligini saqlash va yakuniy hosil salmog‘ini oshirish bo‘yicha fermer va mutaxassislar bilan yaqindan fikr almashib, ularni qiziqtirgan savollarga ilmiy asoslangan javoblar hamda amaliy ko‘rsatmalar berdilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:




