Toshkent davlat agrar universitetida yangi o‘quv yilining dastlabki kunlaridan boshlab talabalarda huquqiy ong va mas’uliyatni oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda universitetning birinchi prorektori J.Lapasov hamda “Korrupsiyaga qarshi kurash – Komplayens-nazorat” tizimi bosh mutaxassisi A.Hayitov ishtirokida Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakulteti talabalari bilan “Korrupsiyaga qarshi kurash – odil jamiyat sari qadam” mavzusida profilaktik suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, manfaatlar to‘qnashuvining oqibatlari hamda uni oldini olishda yoshlarning o‘rni haqida atroflicha ma’lumot berildi. Talabalarga halollik, qonuniylik va adolat tamoyillariga qat’iy amal qilish, o‘z bilim va mehnati bilan yutuqlarga erishish zarurligi tushuntirildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


