Toshkent davlat agrar universitetining “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi professor-o‘qituvchilari – kafedra mudiri, professor Sayyora Xolmirzayeva hamda o‘qituvchi Yusuf Boboyev tashabbusi bilan Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi yo‘nalishi 25-71-guruh talabalari ishtirokida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor tavalludining 118 yilligiga bag‘ishlangan adabiy suhbat o‘tkazildi.
Uchrashuvda S.Xolmirzayeva adibning hayoti, ijodi, hikoya va romanlari hamda dramatik asarlari haqida so‘z yuritib, Kibriyo Qahhorovaning “Chorak asr hamnafas” kitobini tanishtirdi. Yu.Boboyev esa “Anor”, “O‘g‘ri”, “O‘tmishdan ertaklar” kabi mashhur asarlarning yaratilish jarayoni va badiiy jihatlariga to‘xtaldi. Tadbir talabalarda katta ma’naviy taassurot qoldirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


