Xitoy Xalq Respublikasining Northwest A&F universitetining ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirish instituti direktori Zhao Xining, kelajak qishloq xo‘jaligi instituti direktor o‘rinbosari Wang Junhua, xalqaro hamkorlik va almashinuv boshqarmasi direktor o‘rinbosari Zou Yufeng va boshqa vakillaridan iborat delegatsiyasi Toshkent davlat agrar universitetiga tashrif buyurdi.
Mehmonlarni universitetning xalqaro hamkorlik, transformatsiya va strategik rivojlanish bo‘yicha prorektori Abduaziz Abduvasikov kutib oldi va ushbu uchrashuv 2024-yildan boshlab yo‘lga qo‘yilgan qo‘shma ta’lim dasturlarining amaliy natijalarini muhokama qilish, ularni yanada rivojlantirish hamda ikki tomonlama ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratildi.
Uchrashuv davomida qo‘shma ta’lim dasturlarini kengaytirish, ilmiy-tadqiqot sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish, Xitoy–Markaziy Osiyo qo‘shma laboratoriyasini tashkil etish, suv tejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda qo‘shma ilmiy loyihalarni moliyalashtirish va grant imkoniyatlarini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, delegatsiya universitetning ilmiy salohiyati va mavjud laboratoriya infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida hamkorlikni yanada faollashtirish va qo‘shma loyihalarni kengaytirishga kelishib oldilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:







