logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida “Agro Eco klub” tashkil etildi

view 108

Toshkent davlat agrar universitetida kundan-kunga yangi islohotlar, yangilanish va rivojlanish avj olmoqda. Bugungi “Agro Eco klub” ning ochilishi marosimi ham universitet tarixida muhim voqea bo’ldi. Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) ko‘magida Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan ushbu klub yoshlarni ekologik ongli, ijodkor va mas’uliyatli mutaxassis sifatida tarbiyalashni maqsad qiladi. Bugungi kunda O‘zbekiston iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi va oziq-ovqat xavfsizligi kabi muammolar bilan yuzlashmoqda. Shu sababli tuproqni asrash, suvni tejash, bioxilma-xillikni muhofaza qilish va ekologik toza ishlab chiqarish amaliyotlarini joriy etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ana shunday sharoitda yoshlarning bilim va tashabbusi mamlakatning yashil taraqqiyotini ta’minlashda hal qiluvchi kuch bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur klub talabalar, o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilar uchun bilim va g‘oya almashish makoni, barqaror qishloq xo‘jaligi bo‘yicha innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish markazi, zamonaviy texnik jihozlar bilan ta’minlangan intellektual maskandir. Klubning faoliyati Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan, BMTTD va Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “EU–AGRIN” loyihasi doirasida yo‘lga qo‘yildi. Tashabbus konsepsiyasini ishlab chiqishda esa “Agrar soha ayollari” uyushmasi muhim o‘rin tutdi.

“Agro Eco klub” yoshlarni ekologik mas’uliyatli qarorlar qabul qilishga, amaliy loyihalar orqali “yashil” qishloq xo‘jaligi rivojiga hissa qo‘shishga chorlaydi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.