Toshkent davlat agrar universitetida talaba-yoshlarning ma’naviy dunyoqarashi, ijodkorligi va zamonaviy bilimlarini yuksaltirish maqsadida Prezidentimiz ilgari surgan “Besh muhim tashabbus” loyihasi doirasida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Shulardan biri sifatida professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlar ishtirokida “Milliyligimiz – maʼnaviyat koʻzgusi” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda milliy liboslarimiz jozibasi namoyish etildi. Talabalar universitet Axborot resurslar markaziga tashrif buyurib, “Kitob – meni do‘stim” nomli targ‘ibot ishlarida faol ishtirok etdi. Tadbirda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ilmiy va badiiy adabiyotlarga qiziqishni oshirish, bilim manbalaridan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi. Oʻrmon xoʻjaligi va landshaft dizayni fakulteti Yoshlar ittifoqi va xotin-qizlar jamoasi tashabbusi bilan “Fakultet malikasi” tanlovi tashkil etilib, iqtidorli va faol talaba-qizlar o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.
Shuningdek, fakultetlar tyutorlari tashabbusi bilan talabalar turar joylarida kompyuter savodxonligini oshirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi. Unda talabalar zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:


