"Oltin kuz” Xalqaro agro-tasviriy va amaliy san’at festivali doirasida Jizzax viloyati Zomin tumanida Toshkent davlat agrar universitetining talaba-yoshlari va rassomlar ishtirokida ijodiy plener tashkil etildi. Qozog‘iston, Rossiya va O‘zbekistonning taniqli rassomlari hamda Toshkent davlat agrar universiteti Yoshlar ittifoqiga a’zo, iqtidorli 20 nafar faol talabalar tabiat qo‘ynida ijod qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Rassomlar Zominning tog‘li xushmanzaralari, diqqatga sazovor joylari va Kayfiyat baxsh etuvchi daraxtlarni turli uslublarda tasvirlab, tabiatning betakror go‘zalligini o‘z asarlarida mujassam etdilar. Talabalar esa tajribali ustozlardan saboq olib, chizish san’atining nozik jihatlarini o‘rganishdi. Plener yakunida kichik ko‘rgazma tashkil etilib, shu kunning o‘zida yaratilgan asarlar namoyish qilindi. Ishtirokchilar bir-birining ijodiy ishlari bilan tanishib, kelgusi rejalari haqida fikr almashdilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:




