Toshkent davlat agrar universitetining professor-o‘qituvchilari Xitoyning dengiz va akvakultura sohalarida innovatsion ilmiy tadqiqotlar hamda zamonaviy taʼlim metodikalari bilan tanilgan yetakchi oliy taʼlim muassasasi — Guangdong Ocean Universitetida bo‘lib, u yerda talabalarga ingliz tilida interaktiv, qiziqarli va ilmiy asoslangan maʼruzalar o‘qishdi. Dars jarayonlari davomida ustozlarimiz o‘zlarining boy tajribalari, zamonaviy ilmiy yondashuvlari va innovatsion metodikalari bilan Guangdong universiteti talabalari hamda ilmiy jamoatchiligida katta qiziqish uygʻotdi. Bu safar ikki oliy taʼlim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy-akademik hamkorlikning yangi bosqichini boshlab berdi.
Safardan qaytgach, TDAU vakillari universitet rektori, professor N. Oblomuradov bilan uchrashib, safar tafsilotlari, erishilgan natijalar va istiqboldagi hamkorlik rejalarini muhokama qilishdi. Rektor tomonidan ustozlarimizning xalqaro maydondagi faoliyati yuqori baholandi.
Ijtimoiy tarmoqlar: