logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi: IAUTA va Tuluz universiteti bilan uchrashuv bòlib òtdi

view 138

Universitetimiz Xalqaro uchinchi yosh universitetlari assotsiatsiyasi (IAUTA) va Fransiyaning Tuluz universitetlari vakili, professor Fransua Vellasni qabul qilish sharafiga muyassar bo‘ldi. Tashrif davomida Akademik hamkorlikni mustahkamlash, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, uzluksiz ta’lim va xalqaro ta’limiy almashuvni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Qozog‘istonning Ualixonov nomidagi universitetidagi «Uchinchi yosh uchun ta’lim» tashabbusi tajribasi alohida e’tirof etildi va ilhomlantiruvchi namuna sifatida baholandi. Mazkur jarayonda Toshkent davlat agrar universiteti uchun xalqaro hamkorlikni kengaytirish, talabalar hamda professor-o‘qituvchilarni global ta’limiy loyihalar va qo‘shma tashabbuslarda faol ishtirok etishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratishda muhim qadam bo‘ldi desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.