Toshkent davlat agrar universiteti vakillari hamda Boshqir davlat agrar universiteti delegatsiyasi ishtirokida 2026/2027-o‘quv yili qabuli uchun qo‘shma ta’lim dasturlariga talabalarni jalb etish maqsadida akademik litsey o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida qo‘shma ta’lim dasturlarining mazmun-mohiyati, ushbu dasturlar doirasida talabalarga yaratilayotgan imkoniyatlar, shuningdek, har ikki oliy ta’lim muassasasida mavjud shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Tadbir davomida o‘quvchilar faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar hamda mutaxassislar va universitet vakillaridan batafsil javoblar oldilar. Muloqot ochiq, samimiy va jonli ruhda kechdi.
Tadbir yakunida o‘quvchilarning oliy ta’limga kirish imkoniyatlarini kengaytirish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida maxsus sertifikatlar topshirildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:






