Toshkent davlat agrar universiteti va Qozog‘iston Milliy agrar universiteti (KAZNAU) o‘rtasidagi o‘quv-uslubiy hamda ilmiy-tadqiqot sohasidagi hamkorlik tobora mustahkamlanib bormoqda. Universitetimiz professori X.X. Kimsanbaev va qishloq xo‘jalik fanlari doktori, dotsent X.K. Nazarovlar Qozog‘iston Milliy agrar universitetida o‘tkazilgan taniqli olim, q.x.f.d, professor Sagitov Abay Orazovichning 80 yillik yubileyiga bag‘ishlangan “O‘simliklar himoyasi – Yashil olam himoyasi” mavzusidagi xalqaro konferensiyada qiziqarli ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Ularning dolzarb mavzulardagi taqdimotlari Rossiya, Xitoy, AQSh, Belorussiya, Yaponiya, Belgiya, Ispaniya, Turkiya, Qirg‘iziston va Qozog‘istondan tashrif buyurgan olimlarda katta taassurot qoldirdi va sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

