logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

«Go’zal vatan» xalqaro festivali 1-kuni Jizzax viloyati Sohibqiron darvozasida

view 15

"Go'zal vatan" xalqaro festivali 1-kuni Jizzax viloyati Sohibqiron darvozasida Toshkent davlat agrar universitetida agrar soha va san’at uyg‘unligini tarannum etuvchi “Go‘zal Vatan” xalqaro festivali yuqori saviyada davom etmoqda Mazkur festival doirasida Tojikiston, Qozog‘iston, Turkiya, Xitoy, Rossiya, Bolgariya, Ozarbayjon hamda O‘zbekistonning professional rassomlari, shuningdek, Toshkent davlat agrar universitetining talaba-yoshlaridan iborat “Oltin qanot” klubi a’zolari ishtirok etib, yurtimizning betakror va go‘zal maskanlarida ijodiy safar uyushtirmoqdalar. Ijodiy jarayonlarning muhim qismi sifatida rassomlar tomonidan ochiq osmon ostida tasviriy san’at asarlarini yaratishga qaratilgan plener mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda Bugun ushbu ijodiy tashabbus Jizzax viloyati hududidagi tarixiy va ramziy maskan — Sohibqiron darvozasi hamda Jizzax shaxrida davom etdi. Mazkur manzilda o‘tkazilgan plener rassomlar uchun ilhom manbai bo‘lib, ular tomonidan Vatanimizning go‘zalligi va boy madaniy merosi o‘z aksini topmoqda.
🔺“Go‘zal Vatan” festivali doirasidagi ushbu ijodiy uchrashuvlar nafaqat san’at rivojiga, balki xalqlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.