Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida ta’limga doir hamkorlik istiqbollari keng qamrovda muhokama qilindi. Jumladan oziq-ovqat texnologiyasi, iqtisod matematika, suniy intellekt Ijtimoiy soha boyicha qowmaa talim 2+2 va 1+1 va biznes yo‘nalishlarida qo‘shma ilmiy izlanishlarni yo‘lga qo‘yish, ikki oliygoh professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun almashinuv dasturlarini tashkil etish, zamonaviy kadrlar tayyorlashga qaratilgan qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, innovatsion ilmiy ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qo‘shma laboratoriya tashkil etish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Mazkur uchrashuv ikki universitet o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqib, ilmiy hamkorlikni rivojlantirish hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


